Chegarada vaziyat qanday?
O‘tgan bir kecha-kunduzda bo‘y ko‘rsatayotgan xabarlarga ko‘ra, 21 senyabrdan buyon Qozog‘istonga 200 mingdan ortiq rossiyalik kirib kelgan.

Ularda yozilishicha, Rossiyada qisman safarbarlik eʼlon qilingan kundan buyon 200 mingga yaqin rossiyalik kirib keldi, - deya bayonot bergan Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Marat Axmetjanov.
Rasmiyga ko‘ra, kirib kelgan rossiyaliklarning 147 ming nafari qisqa muddatda yana mamlakatni tark etgan.
Bu vaqt ichida uch nafar rossiyalik chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun deportatsiya qilingan, shuningdek, bir necha Rossiya fuqarolari ham Uralskdagi tungi klubda mushtlashgani uchun deportatsiyani kutmoqda.
Qozog‘iston ichki ishlar vaziri ayni paytda mamlakat chegarasida nazorat-o‘tkazish punktlarida vaziyat barqaror ekanini bildirgan.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Migratsiya xizmati qo‘mitasi rahbari Aslan Atalikov esa 27 sentabrga qadar 441 nafar rossiyalik Qozog‘iston fuqaroligini olish uchun ariza topshirgani, ularning 117 nafari etnik qozoqlar ekanini maʼlum qilgan.
Shuningdek, Qozog‘istonda 21 sentabrdan beri qariyb 70 ming Rossiya fuqarosiga individual identifikatsiya raqami (IIN) berilgani maʼlum bo‘ldi, dedi respublika raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin.







