0

Taniqli xonanda Davron G‘oyipov vafot etdi

Bu haqda suhandon Tolibjon Isroilov xabar qildi.

Taniqli xonanda Davron G‘oyipov vafot etdi

 

Davron G‘oyipov 1961 yil 7 oktyabrda tug‘ilgan. Maktabni bitirganidan keyin 1978 yilda u “Yalla” guruhiga bas gitarachi sifatida taklif qilinadi. 1980 yilda Davron G‘oyipov boshchiligida O‘zbekistondagi ilk rok guruhi - “Original” tuziladi. 1980 yillar boshlarida ijro etilgan "Bu nima bu?" qo‘shig‘i guruhga katta mashhurlik olib kelgan. Qo‘shiq asosida keyinroq film ishlangan va bosh rolni Davron G‘oyipov ijro etgan.

 

Bundan tashqari, “Qaydasan”, "Kerak emas shahlo ko‘zlaring", "Otkritoye okno" kabi qo‘shiqlar ham muxlislar ko‘ngillaridan joy olgan.

 

O‘zbekistonlik taniqli rok-pop yulduzi hastalikdan so‘ng vafot etdi. Dafn marosimi Xorazmda o‘tkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Taniqli xonanda Davron G‘oyipov vafot etdi