Jamiyat

Toshkentdagi ayanchli YTH oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi

Hodisa Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Toshkentdagi ayanchli YTH oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi

 

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2022 yil 9 oktabr kuni soat 20:30 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi 79-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

 

Haydovchilar: 1981 yilda tug‘ilgan V.Sh. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositasi, 1992 yilda tug‘ilgan R.M. boshqaruvidagi BMW rusumli transport vositasi, 1992 yilda tug‘ilgan T.I. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositasi va 1999 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

Hodisa oqibatida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan. 

 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Toshkentdagi ayanchli YTH oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi | Zamon.uz