0

Ijarada sarson bo‘lgan talabalar uchun qulaylik yaratildi

Ijarada turadigan 1-kurs talabalariga 2 oylik ijara kompensatsiyasi hech qanday shartnomasiz to‘lab beriladi.

Ijarada sarson bo‘lgan talabalar uchun qulaylik yaratildi

 

Noyabrdan boshlab, ijara shartnoma bo‘lsa, keyin kompensatsiya beriladi.

 

Vazirlar Mahkamasining bayoniga binoan, talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan uzoq hududlardan kelgan birinchi kurs talabalariga, istisno tariqasida, oliy taʼlim muassasalariga ajratilgan mablag‘lar doirasida sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan ijara kompensatsiyasi to‘lab beriladi. Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi.

 

Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan birinchi kursda tahsil olayotgan, ijarada yashayotgan talabalar ro‘yxatini shakllantirish hamda ijara kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish yuzasidan rektor (direktor) buyrug‘i rasmiylashtirilib, tegishli mablag‘lar to‘lanishi belgilandi.

 

Bu nima degani?

 

Maʼlumki, o‘tgan yildan boshlab talabalar turar joyida joy yo‘qligi uchun ijarada turishga majbur bo‘lgan talabalarga ijara kompensatsiyasi to‘lash tartibi yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun talaba ijara shartnomasini o‘zi o‘qiyotgan OTMga topshirishi kerak edi.

 

Bu tartib hozir ham kuchida. Yaʼni qaysidir talaba ijarada turgan bo‘lsa, u nechanchi kursda o‘qiyotganidan qatʼi nazar, ijara kompensatsiyasi olishga haqqi bor.

 

Endi yangi tartibga ko‘ra, 1-kurslar uchun istisno belgilandi. Yaʼni yotoqxonaga joylasha olmagan 1-kurs talabalari "Men ijarada turdim" deb aytsa kifoya. Ularga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara kompensatsiyasi hech qanday ijara shartnoma talab etilmasdan to‘lab beriladi. Agar ular yana kompensatsiya olmoqchi bo‘lsa, unda noyabr oyidan boshlab ijara shartnoma ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Bu istisno faqat 1-kurslarga berildi. Katta kurslar sentyabr va oktyabr oylari uchun ham ijara shartnoma taqdim etsagina, kompensatsiya olishadi.

 

Ijara kompensatsiyaning miqdori qancha?

 

Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

 

Har oylik ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida 300 ming so‘mgacha, qolgan hududlarda esa 150 ming so‘mgacha) davlat OTMlarining kunduzgi taʼlim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi.

 

‼️ Demak, yotoqxonaga joylashmagan 1-kurs talabalari sentyabr va oktyabr, yaʼni 2 oyga Toshkent shahri uchun jami 600 ming so‘m, hududlar uchun 300 ming so‘mgacha kompensatsiya puli olishlari mumkin. Buning uchun talabalar o‘zlari o‘qib turgan OTMga murojaat qilishlari lozim.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"