0

O‘zbekiston 9 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgan?

Statqo‘m bu bo‘yicha raqamlarni ochiqladi.

O‘zbekiston 9 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgan?

 

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston qiymati qariyb 760,2 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,2 million tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 169 ming tonnaga oshgan.

 

Xususan, joriy yilning 9 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

 

🔸meva va rezavorlar – 257 ming tonna

🔸quritilgan meva va rezavorlar – 30,2 ming tonna

🔸sabzavotlar – 657 ming tonna

🔸piyoz – 171 ming tonna

🔸karam – 131 ming tonna

🔸pomidor – 60 ming tonna

🔸uzum – 126 ming tonna

🔸mayiz – 53,4 ming tonna

🔸yeryong‘oq – 13,4 ming tonna

🔸tarvuz-qovun – 129,2 ming tonna.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"