0

Murodjon Azimovning ikki o‘rinbosari ishdan olindi

Bu haqda viloyat hokiminining matbuot kotibi maʼlum qildi.

Murodjon Azimovning ikki o‘rinbosari ishdan olindi

 

Qashqadaryo viloyati hokimining ikki o‘rinbosari boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan olindi.

 

Viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yuldoshev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

 

Uning o‘rniga Qobilov Anvar Eshpo‘latovich tayinlandi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyati filiali rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

Shuningdek, viloyat hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Akbar Eshonqulov ham vazifasidan ozod etildi.

 

Uning o‘rniga Azizov Murodulla G‘aniyevich tayinlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"