Jamiyat

Farg‘onada ishchi bunker ostida halok bo‘ldi

Hodisaga nima sabab bo‘lgani maʼlum qilindi.

Farg‘onada ishchi bunker ostida halok bo‘ldi

 

Kecha, 17-oktabr kuni soat 11:10 da Farg‘ona viloyatida joylashgan korxonada baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.

 

Qayd etilishicha, «Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals» AJ hamda «Metall Universal 777» MCHJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan korxona hududida, jumladan, qadoqlash sexida amalga oshirilayotgan qurilish montaj ishlari jarayonida, o‘g‘it qadoqlash uskunasi bunkeri ostida metall konstruksiya qismlarini o‘rnatish jarayonida, bunker tayanchlarini kesish  oqibatida bunker qulab tushgan.

 

Oqibatda «Metall Universal 777» MCHJ ishchisi qulab tushgan bunker ostida qolib, vafot etgan.

 

Hozirda dastlabki ekspertiza va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘onada ishchi bunker ostida halok bo‘ldi | Zamon.uz