0

Norov: Jahon hamjamiyati Afg‘onistonning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak

O‘zbekiston TIV Markaziy Osiyo davlatlarining rivojlanish istiqbollarini Afg‘onistondagi xavfsizlik vaziyatiga bog‘liq deb baholadi.

Norov: Jahon hamjamiyati Afg‘onistonning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak

 

Afg‘onistonning yakkalanishi mintaqa va dunyo uchun xavfli. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada maʼlum qildi.

 

Vazir o‘z so‘zida Afg‘onistonni izolyatsiya qilish mintaqa va xalqaro hamjamiyat uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini qayd etdi.

 

U Afg‘onistonning iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarida ishtirok etish muhimligi, shuningdek, Markaziy Osiyodagi rivojlanish istiqbollari Afg‘onistondagi vaziyatga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.

 

Norov Ostonada o‘tkazilgan sammitda Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan tashabbus haqida gapirar ekan, uning asosida Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar guruhini tuzish va muhokama qilish, ushbu mamlakat bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda tashabbuslarni taklif qilish zarurligini taʼkidladi.

 

Shuningdek, u Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha BMTning mintaqaviy vakolatxonasini ochishni muhim deb hisobladi.

 

Norovning aytishicha, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash mintaqaviy va global miqyosda muvofiqlashtirilgandagina muvaffaqiyat qozonadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bugun Dushanbe shahrida "Terrorizmga qarshi kurash va terrorchilar harakatlanishining oldini olish uchun chegaralar xavfsizligi hamda chegara nazorati sohasidagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"