Jamiyat

Samarqandda dahshatli YTH: shifoxonadan uyiga olib ketilayotgan chaqaloq hodisa qurboni bo‘ldi

“Spark” va “Nexia” to‘qnashishi oqibatida haydovchi ham halok bo‘lgan.

Samarqandda dahshatli YTH: shifoxonadan uyiga olib ketilayotgan chaqaloq hodisa qurboni bo‘ldi

 

Samarqandning Jomboy tumanida yuz bergan YTHda haydovchi va uch kunlik chaqaloq vafot etdi. Bu haqda STV viloyat IIB bergan xabarga tayanib xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, voqea 18-oktabr kuni Shirinkent — G‘azira avtomobil yo‘lining 10-kilometrida yuz bergan. N.N. boshqaruvidagi Spark yo‘lning qarama-qarshi qismiga o‘tib ketishi oqibatida Nexia bilan to‘qnashgan.

 

Oqibatda Spark haydovchisi hamda Nexia‘da bo‘lgan, tug‘ruqxonadan olib kelinayotgan uch kunlik chaqaloq halok bo‘lgan.

 

Holat yuzasidan Jomboy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (transport vositalari harakati qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.