Jahon

Ilon Mask Twitter'ni sotib olsa, kompaniya xodimlarining 75 foizini qisqartiradi

Hozirda ijtimoiy tarmoqda 7 500 nafar xodim ishlashi aytilmoqda.

Ilon Mask Twitter'ni sotib olsa, kompaniya xodimlarining 75 foizini qisqartiradi

 

Euronews xabariga ko‘ra, Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask Twitter'ni sotib olsa, kompaniya xodimlarining 75 foizi ishdan bo‘shatilishini maʼlum qildi.
 

The Washington Post gazetasi o‘z manbalari va hujjatlariga tayanib, kompaniyani kim sotib olsa, kelasi oylarda ishchilar soni va ish haqining qisqarishiga duch kelishini aytdi.

 

Ijtimoiy tarmoq, shuningdek, infratuzilmasini, xususan, maʼlumotlar markazlarini qisqartirmoqda.

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Twitter'da hozirda 7500 nafar xodim ishlaydi. Ilon Maskning rejasi amalga oshsa, kompaniyada 2 mingga yaqin ishchi qoladi. Twitter o‘z xodimlarini qisqartirishi haqidagi xabarlarni rad etmoqda.

 

Mask aprel oyida ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib olmoqchi ekanligini maʼlum qilgan. May oyida esa kompaniyadan soxta akkauntlar haqida maʼlumot ololmagan tadbirkor kompaniyani sotib olishdan bosh tortishini maʼlum qildi. O‘shanda Twitter Maskni sudga bergan edi. Oktabr oyi boshida Mask muzokaralarni davom ettirdi. Sud unga sotib olish shartnomasini yakunlash uchun 28 oktabrgacha vaqt berdi.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

custom img

Vengriyada polshalik sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi

Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Haydovchi hibsga olingan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"