Jahon

Norvegiya dron uchirgan rossiyalikni hibsga olindi

Rossiya tomoni uni sayyoh deb atamoqda.

Norvegiya dron uchirgan rossiyalikni hibsga olindi

 

Norvegiya politsiyasi dron boshqargan yana bir rossiyalikni hibsga oldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. 

 

Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini belgiladi. U muhim obektlarni suratga olganlikda gumon qilinmoqda.


Eslatib o‘tamiz, mamlakatda ruslarga uchuvchisiz samolyotlarni boshqarish taqiqlangan. Fevral oyida Norvegiya hukumati butun Yevropa bilan birgalikda Rossiya uchun havo hududini yopgan va uchuvchisiz transport vositalarini boshqarish taqiqini uzaytirgan.

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi voqeaga munosabat bildirdi va hibsga olingan rossiyaliklarni “sayyohlar” deb atadi.

 

Avvalroq Prezident Putinning yaqin hamkorlaridan birining o‘g‘li Norvegiya politsiyasi tomonidan hibsga olingandi. U dronni  Svalbard oroli ustida uchirgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"