Ta'lim

Vengriyaliklar o'zbek tilini o'rganadi

Buning uchun O‘zbekistondan tegishli mutaxassislar jalb qilinishi aytilmoqda.

Vengriyaliklar o'zbek tilini o'rganadi

 

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Vengriya Fanlar akademiyasining Sharq qo‘lyozmalari bo‘limida Akademiya kutubxonasi bosh direktori Ishtvan Monok va Vengriyaning Etvosh Lorand universiteti (ELTE) turkiyshunoslik kafedrasi mudiri, Sharqshunoslik instituti direktori Benedek Peri bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, Ishtvan Monok Vengriya Fanlar akademiyasi kutubxonasi 1825-yilda tashkil topganligini, kutubxonada 10 mingdan ziyod tarixiy qo‘lyozmalar saqlanishi, ular orasida Sharq qo‘lyozmalari to‘plami o‘zining noyobligi bilan ajralib turishini ma’lum qilgan. 1951-yili vengriyalik olim va sharqshunos Layosh Ligeti tomonidan asos solingan ushbu to‘plamda O‘rta Osiyo olimlari, shoir va yozuvchilariga tegishli fors va turkiy-chig‘atoy (qadimiy o‘zbek) tilida yozilgan 80 ga yaqin qo‘lyozma saqlanadi.

 

Jumladan, uchrashuv chog‘ida Sharq qo‘lyozmalari bo‘limida saqlanayotgan Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari qo‘lyozmasi, Navoiy asarlarini o‘rganishni osonlashtirish uchun tayyorlangan XVI asrga oid “Chig‘atoy usmonli lug‘ati”, vengriyalik mashhur shoir Arani Yanosh qalamiga mansub “Ajoyib bug‘uning hikoyati” asarining o‘zbek olimi Mulla Is’hoq Ibrohim tomonidan XIX asrdagi tarjimasining asl nusxasi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, O‘rta Osiyo olimlari qalamiga mansub ko‘plab asarlar Usmonli turklar imperiyasi davrida vengriyalik mashhur turkiyshunos olim va sayohatchi Armin Vamberi tomonidan Istanbul orqali Budapeshtga olib kelingan.

 

 

“Armin Vamberining eng yaxshi ko‘rgan asarlaridan biri bu Navoiyning ‘Muhokamat ul-lug‘atayn’ (Ikki til muhokamasi) asaridir. Bu muhim qo‘lyozmaning dunyoda faqat to‘rtta asl nusxasi mavjud. Ushbu asarda eski o‘zbek va fors tillarining she’riy qudrati o‘zaro qiyoslanadi. Navoiy bu asarida o‘zbek tilining afzalliklarini ko‘rsatib beradi va o‘z zamondoshlarini fors tilida she’r yozmaslikka, balki ona tilida — eski o‘zbek tilida ijod qilishga da’vat etadi”, — deya ta’kidlagan Ishtvan Monok.

 

 

I.Monok ushbu asarlarni o‘rganish va tadqiq etish niyatida bo‘lgan barcha o‘zbek mutaxassislariga Akademiya kutubxonasi doimo ochiq ekanini alohida qayd etgan.

 

Benedek Peri o‘z faoliyati davomida turkiy adabiyotni tadqiq etib kelayotganini aytdi. So‘nggi yillarda u Alisher Navoiy ijodini o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lib, bu yo‘nalishdagi maqolalarini ingliz tilida nashr etmoqda. Shuningdek, u hozirgi paytda Boburning “Boburnoma”asarini venger tiliga, Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarini esa ingliz tiliga o‘girish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Kelgusi yilda ushbu tarjimalar bo‘yicha dastlabki materiallar tayyor bo‘ladi.

 

 

“Navoiy asarini ingliz tiliga tarjima qilishimning asosiy sababi buyuk allomaning ijod mahsulini nafaqat Vengriya, balki butun Yevropa bo‘ylab targ‘ib qilishdan iborat”, — deydi u.

 

 

Uchrashuvda, shuningdek, Vengriyaning Etvosh Lorand universitetida o‘zbek tili o‘quv kurslarini joriy etish va O‘zbekistondan tegishli mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlari ham atroflicha muhokama qilingan.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

custom img

Endi o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan himoyalanadi

Senatda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

custom img

Test sinovlari uchun ajratilgan binolar soni maʼlum qilindi

2023-2024 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi.

custom img

Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari qisqartiriladi

Bu bo‘yicha maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘i imzolangan.

custom img

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihon qachon o'tkaziladi?

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"