Jahon

Zelenskiy 13 nafar xorij siyosatchilarini taqdirladi

Ular orasida Nensi Pelosi ham bor.

Zelenskiy 13 nafar xorij siyosatchilarini taqdirladi

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevning hamkor davlatlari parlamentlari spikerlarini ikkinchi darajali knyaz Yaroslav Donishmand ordeni bilan taqdirladi. 

 

Mukofotlanganlar ro‘yxatidan 13 kishi, jumladan, AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, Estoniya parlamenti spikeri Yuri Ratas, Fransiya parlamenti senati raisi Jerar Larsher, Polsha parlamenti har ikki palatasining raislari, Irlandiya parlamenti Senati (yuqori palatasi) spikeri, Shveysariya, Germaniya, Norvegiya, Shimoliy Makedoniya, Latviya, Litva va Xorvatiya qonun chiqaruvchi organlari palatalari rahbarlari o'rin olgan.

 

Farmonda keltirilishicha, ular “davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashdagi salmoqli shaxsiy xizmatlari, Ukrainaning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaganliklari, Ukraina davlatini dunyoda ommalashtirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun” taqdirlangan.

 

Avvalroq Zelenskiy 109 nafar xorijiy siyosatchi, aktyor, musiqachi, jamoat arbobi, tadbirkor va jurnalistni orden, medal va nishonlar bilan taqdirlagan edi. Ular orasida Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken, Pentagon rahbari Lloyd Ostin, biznesmen Xovard Baffet bor.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"