O'zbekiston

Oltiariqda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlangani aytildi

Holat vazirlik tomonidan nazoratga olingan.

Oltiariqda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlangani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim massasasining 20 nafardan ortiq tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilganiga doir xabarlar tarqaldi. Holatga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 21-oktyabr kuni soat 11:45 lar atrofida Oltiariq tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir guruh tarbiyalanuvchilarida tana harorati ko‘tarilishi oqibatida Povulg‘on oilaviy shifokor punktiga murojaat bo‘lgan.

 

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, mazkur bog‘chada bir kun avval “Hosiljon-mehrjon” bayrami o‘tkazilib, tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmali stol dasturxoni qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, uzum, hurmo, olma, banan, tarvuz hamda turli qandolatlar bilan bezatilgan. Bolalar esa ushbu yeguliklardan tartibsiz ravishda isteʼmol qilgan.

 

21-oktyabr kuni oilaviy shifokor punktiga bo‘lgan murojaat asosida 8 nafar bemor tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan. Dastlabki tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, ularda ovqatdan zaharlanish belgilari kuzatilmagan.

 

Hozir ushbu bolalarning umumiy holati qoniqarli. Tegishli simtomatik davo muolajalaridan so‘ng kichkintoylardan 5 nafariga uyga javob berilgan.

 

Shuningdek, shifoxonaga yotqizilgan bog‘cha tarbiyalanuvchilaridan olingan tibbiy tahlil namunalari laboratoriyaga yuborilgan. Holat yuzasidan mutaxassislar tomonidan tekshiruv-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

Ayni paytda mazkur o‘g‘il-qizlar salomatligini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi o‘z nazoratiga olgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Oltiariqda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlangani aytildi | Zamon.uz