Jamiyat

Samarqanddagi xonadonlarning biridan 2 qop marixuana topildi

Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Samarqanddagi xonadonlarning biridan 2 qop marixuana topildi

 

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Samarqand viloyati Jomboy tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida fuqaro xonadonida noqonuniy ravishda marixuana yetishtirgani va ko‘p miqdorda giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgani aniqlangan.

 

Xabarga ko‘ra,tekshiruv davomida, tumanda joylashgan «Juriyat» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z tomorqasida ikki tup marixuana giyohvandlik o‘simligi yetishtirayotgani maʼlum bo‘lgan.

 

Shundan so‘ng, IIB xodimlari uyni boshqa hududlarini tintuv qilganda, 636 tup quritilgan marixuana poyalari va 2 qop (20 kg) quritilgan giyohvandlik moddalarini topishgan.

 

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan, 49 yoshli fuqaroga nisbatan Jomboy tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqanddagi xonadonlarning biridan 2 qop marixuana topildi | Zamon.uz