Jamiyat

Toshkent hayvonot bog‘ining ish vaqti o‘zgardi

Shu kungacha bog‘ kassalari ish vaqti soat 08:00 dan 17:30 gacha edi. Hayvonot bog‘ining esa soat 19:00 gacha ishlagan.

Toshkent hayvonot bog‘ining ish vaqti o‘zgardi

 

Endilikda 24 oktabrdan boshlab Toshkent hayvonot bog‘i kassalari 08.00 dan 17.00 gacha ishlaydi.

 

Hayvonot bog‘ining o‘zi esa tashrif buyuruvchilar uchun soat 18.30 gacha o‘z faoliyatini olib boradi.

 

Maʼlumot uchun, 2022-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hayvonot bog‘lari soni 3 tani tashkil etgan. Ushbu hayvonot bog‘lari Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan. Mazkur hayvonot bog‘larida jami 14 443 turdagi hayvonot dunyosi jonzotlari mavjud.

Toshkent hayvonot bog‘ining ish vaqti o‘zgardi | Zamon.uz