Jahon

Jahon banki Ukrainaga 500 million dollar ajratdi

Mablag'lar infratuzilmani qayta tiklashga yo'naltiriladi.

Jahon banki Ukrainaga 500 million dollar ajratdi

 

Jahon banki Rossiyaning keng ko'lamli bosqinidan kelib chiqqan favqulodda ehtiyojlarni moliyalashtirish uchun Ukrainaga qo'shimcha 500 million dollar ajratilishini e'lon qildi. Bu haqda "Reuters" yozmoqda. 

 

“Rossiyaning harbiy harakatlari Ukraina infratuzilmasini, jumladan, suv, kanalizatsiya va elektr tarmoqlarini keng miqyosda vayron qilishda davom etmoqda, qish yaqinlashar ekan, bu muammolar Ukraina xalqini yanada xavf ostiga qo‘yadi”, — dedi Jahon banki guruhi prezidenti Devid Malpass.

 

Xabar qilinishicha, moliyalashtirishning yangi bosqichi asosiy davlat xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.

 

Jahon banki Ukrainani favqulodda moliyalashtirish uchun 13 milliard dollar ajratdi, shundan 11,4 milliard dollar hozirgacha to‘liq to‘langan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"