Jamiyat

Acıbadem - Istanbuldagi o‘ninchi va dunyodagi yigirma to‘rtinchi shifoxonalar tarmog‘i

Bugungi kunda Acıbadem 5 ta davlatda, jumladan Turkiya, Bolgariya, Makedoniya, Serbiya va Niderlandiyada 24 ta shifoxona va 14 ta ambulatoriya shifoxonasi bilan faoliyat yurituvchi global tarmoq hisoblanadi.

Acıbadem - Istanbuldagi o‘ninchi va dunyodagi yigirma to‘rtinchi shifoxonalar tarmog‘i

 

Acıbadem shifoxonalar tarmog‘i o‘zining Sog‘liqni saqlash sohasidagi yo‘lini Istambul (Turkiya) hududidagi kichik mahalliy kasalxona sifatida boshlagan. 

Hozirgi vaqtda Acıbadem shifoxonalar tarmog‘i tibbiy turizm sohasidagi dunyo brendi bo‘lib, ilg‘or texnologiyalar va Joint Commission International (JCI) va ISO 15189 klinik laboratoriyalar akkreditatsiyasi sertifikati kabi xalqaro sifat standartlariga javob beradigan ekspert guruhlari yordamida eng yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etmoqda. Har yili dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab bemorlar davolanish uchun Turkiyaga tashrif buyurishadi va ular Acıbadem shifoxonasini tanlashadi. Qulaylik, ishonch va izchillikni taʼminlash uchun Acıbadem xorijlik bemorlarga keng ko‘lamli xizmatlarni, jumladan, maslahatlar, diagnostika muolajalari, davolash va sug‘urta, sayohat va turar joyni tashkillashtirish hamda tarjima xizmatlarini taklif etadi. Acıbadem xalqaro bemorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi "universal markaz" sifatida ishlab chiqilgan va bemor murojaat qilgan vaqtdan boshlab to o‘z mamlakatiga qaytgunga qadar tibbiy xizmatlarni 20 xil tilda taklif etadi.

Tibbiyot sohasida dunyoga mashhur tarmoq va Turkiyaning yetakchi sog‘liqni saqlash guruhi sifatida Acıbadem jadal surʼatlarda o‘sishda davom etmoqda. Guruh o‘zining eng yangi shifoxonasi - Istanbuldagi o‘ninchi va dunyodagi yigirma to‘rtinchi shifoxonalar tarmog‘i bo‘lmish - Acıbadem Ataşehir shifoxonasini ochdi. Acıbadem Ataşehir o‘zining noyob meʼmorchiligi, ilg‘or tibbiy texnologiyalari va faqatgina sog‘liqni saqlash boshqaruvi jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan raqamli tizimlari bilan nom qozongan. Shifoxona binosining ichki maydoni 65 000 kv.m. va "Ekologik toza" va "Aqlli bino" funksiyalari uchun LEED Gold eko standartiga muvofiq sertifikatlangan.

Acıbadem Ataşehir tibbiyotning barcha sohalarida davolanishni qamrab oladi, ammo kasalxonaning noyob dizayni va bemorlarning xavfsizligi va qoniqishini taʼminlagan holda ularning barcha ehtiyojlarini hisobga oladigan xususiyatlari tufayli onkologiya, ginekologiya, neyrojarrohlik, ortopediya, EKU va pediatriya bemorlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Shifoxonada bemorlar uchun 153 ta palatalar va 298 nafar yotoqjoylar, 10 ta operatsiya xonasi, 1 ta EKU uchun operatsiya xonasi, endoskopiya/kolonoskopiya va angiografik aralashuv xonalari mavjud.

Acıbadem Ataşehir shifoxonasida bolalar uchun qulay muhitni taʼminlaydigan alohida bino mavjud bo‘lib, u yerda bemor-bolajonlar shifoxona muhitidan chalg‘ishlari mumkin. Pediatriya bo‘limi barcha bo‘lim va bo‘linmalarida shifokorlar bilan kecha-yu kunduz faoliyat yuritadi. Kuzatuv xonasi poliklinikaning kirish qismida joylashgan va isitma va infeksiya bilan og‘rigan bolalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri alohida kirish joyiga ega. Qon tahlillari va emlash uchun bolalar va ularning oilalari shifoxonaga kirmagan holda maxsus bo‘limga tashrif buyurishlari mumkin.

Shuningdek, yana bir alohida kirish eshigi mavjud bo‘lib, u yerda tajribali mutaxassislar jamoasidan iborat onkologiya dispanseri saraton kasalligiga chalingan bemorlarga ko‘p tarmoqli xizmat ko‘rsatadi. Jamoa Ataşehir shifoxonasida joylashgan Truebeam va Ethos radiatsion onkologiya qurilmalari bilan ishlashda katta tajribaga ega. Radio onkologiya texnologiyalaridan tashqari diagnostika uchun PET-KT ham mavjud, shifoxonada jami 34 ta kimyoterapiya bo‘limi faoliyat yuritadi, ulardan 30 tasi ambulator bo‘lim va 4 tasi davolash uchun statsionar bo‘limlardir.

Turkiyadagi Acıbadem shifoxonalarida davolanishga oid barcha qiziqtirgan savollar bo‘yicha Acıbadem‘ning Toshkent va Samarqanddagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin:

Toshkentdagi vakolatxonamizning manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li mavzesi, 19-uy.

Telefon: +998 95 144 54 45

Samarqanddagi vakolatxonamizning manzili: Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek 140.

Telefon: +998 66 234 41 71

Rasmiy sayt orqali barcha kerakli maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru

Shuningdek, qo‘shimcha maʼlumotlarni olish uchun, hamda tajribali va yuqori malakali shifokorlarning qabuliga yozilish uchun Acıbadem rasmiy Telegram va Instagram sahifalariga aʼzo bo‘lishingiz mumkin:

Telegram: @acibadem_turkey

Instagram: @acibadem.russian

Acıbadem - Istanbuldagi o‘ninchi va dunyodagi yigirma to‘rtinchi shifoxonalar tarmog‘i | Zamon.uz