Xitoyga yana lokdaun qaytadimi?
Mamlakatning ayrim shaharlari karantinga olindi.

Xitoy yangi SOVID-19 epidemiyasi sababli mamlakatning markaziy va shimoli-g‘arbiy qismidagi shaharlarni karantinga yopildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xitoyda 25 oktabrdan beri 1000 dan ortiq yangi СOVID-19 holati qayd etilgan. Koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun Uxandan Sinangacha bo‘lgan hududlar karantinga yopilmoqda.
2019-yilgi koronavirus epidemiyasining eng o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahrida joriy hafta davomida 20-25 ta koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan. O‘tgan 14 kun ichida shaharda 240 ta holat qayd etilgan. Mahalliy hokimiyat aholini 30 oktyabrgacha uyda qolib karantin rejimiga amal qilishga chaqirmoqda.
Maʼlum qilinishicha, karantin cheklovlari Xitoyning Guanchjou shahrida ham amal qiladi.







