Ta'lim

1-yanvardan o‘qituvchilar maoshi 25 foiz oshadi

Shuningdek, malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida yangi “Pedagog” professional standarti joriy etiladi.

1-yanvardan o‘qituvchilar maoshi 25 foiz oshadi

 

Qozog‘istonda malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida yangi “Pedagog” professional standarti joriy etiladi. Bu haqda Hukumat yig‘ilishida mamlakat taʼlimini 2026 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini muhokama qilish chog‘ida taʼlim vaziri Asxat Aymag‘ambetov maʼlum qildi.

 

«Ayni paytda «Pedagoglar maqomi to‘g‘risida»gi qonunning ijobiy taʼsirini ko‘ryapmiz. Prezident tashabbusi bilan o‘qituvchilarning ish haqi oshirildi va 2023 yil yanvar oyidan boshlab yana 25 foizga oshiriladi. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2021 yildan boshlab o‘qituvchilik kasblarini sertifikatlash joriy etildi», — dedi A. Aymag‘ambetov.

 

Bundan tashqari, u o‘qituvchilar malakasi endi 5 yilda bir marta emas, 3 yilda bir marta oshirilishini eslatdi.

 

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, direktorlarning kadrlar zaxirasi shakllantiriladi, taʼlim tashkilotlari direktorlarini rotatsiya qilish mexanizmini amalga oshirish davom ettiriladi.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"