O'zbekiston

Rossiya Samarqandda bosh konsulxonasini ochmoqchi

Rossiyaning diplomatik vakolatxonalari Maldiv, Bali, Grodno va Aktauda ham ochilishi rejalashtirilgan.

Rossiya Samarqandda bosh konsulxonasini ochmoqchi

 

Rossiyaning O‘zbekistondagi ikkinchi diplomatik vakolatxonasi 2023 yilda o‘z faoliyatini boshlashi mumkin. Rossiya Samarqandda o‘zining bosh konsulxonasini ochadi. Bu haqda RIA novosti Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Ivanovga tayangan holda xabar bermoqda.

 

Rossiyaning Samarqanddagi bosh konsulxonasi 2023 yilda o‘z faoliyatini boshlashi mumkin. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot kotibi Dmitriy Danilov maʼlum qildi.

 

“Hozir bosh konsulxonani ochish masalasi faol muhokama qilinmoqda. Bu tez amalga oshiriladigan jarayon emas, qator tartib qoidalarga rioya qilishni talab qiladi. Kelasi yili Rossiyaning respublikadagi ikkinchi diplomatik vakolatxonasi ochilishiga umid bor”, — dedi u.

 

Danilovning so‘zlariga ko‘ra, konsulxona ochish uchun Samarqand tanlangani bejiz emas.

 

“Bu nafaqat mamlakatning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahri, eng yirik dunyo sayyohlik markazi, balki yaqindan boshlab turli xalqaro forumlar uchun asosiy markazdir ham”, — deya qo‘shimcha qildi elchixona matbuot kotibi.

 

Rossiyaning diplomatik vakolatxonalari Maldiv, Bali, Grodno va Aktauda ham ochilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.