O'zbekiston

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

 

Toshkentda metroda bir yigitni haqorat qilib, keyinchalik ta’qib qilgan ikki erkakka nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Chilonzor yo‘nalishidagi metroda yo‘lovchilar o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Fuqaro A. boshqa yo‘lovchi unga o‘rnini bo‘shatib bermaganidan norozi bo‘lib, uni turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan va og‘zaki janjallashgan.

 

Biroq mojaro shu bilan tugamagan. A. yigitning ortidan borib, Chilonzor tumanidagi ovqatlanish shoxobchasi yaqinida ham uni haqorat qilishda davom etgan. IIBB ma’lumotiga ko‘ra, u jamoat joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan.

 

Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgan. Keyinchalik jabrlanuvchi videoni uning ruxsatisiz Instagram sahifasiga joylashtirishganini aytgan.

 

Huquqbuzarlardan biri videoni kontent va layklar uchun joylashtirganini bildirgan. U sodir bo‘lgan voqeadan afsusda ekanini aytib, jabrlanuvchidan va boshqalardan uzr so‘ragan. Ikkinchi erkak ham pushaymonligini bildirgan.

 

Chilonzor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi huquqbuzarlarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topib, har biriga uch sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Surxondaryoda narkotik moddalarni avtomobil ehtiyot qismlariga yashirib olib kirish va qabul qilib olish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Endi ikki yoki undan ortiq faol moddali dorilar ham retseptsiz sotiladigan toifaga kiritililadi.

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Kadrlar yetishmayotgan shimoliy hududlarida o‘zbekistonlik kadrlarni tayyorlash va ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Zangiotada elektrdan qarzdorlik sabab mashinalar xatlandi

Zangiotada elektrdan qarzdorlik sabab mashinalar xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaroning tokdan 3 mlrd so‘mdan ziyod qarzi mavjud bo‘lgan.