Jamiyat

Endi nomlar shunchaki qo‘yilmaydi

Geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o‘rganiladi.

Endi nomlar shunchaki qo‘yilmaydi

 

Geografik obyektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yo‘l qo‘yildi.

 

Bunda O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin Prezidentining qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud bo‘lmagan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshiriladi.

 

Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.

 

Takliflar kelib tushganidan keyin muhokama qilish uchun ularni 5 ish kunida tegishli organlar o‘zlarining rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.

 

Shuningdek, takliflar muhokamasi ular eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran 15 kundan kam bo‘lmasligi kerak.

Endi nomlar shunchaki qo‘yilmaydi | Zamon.uz