Ta'lim

Maktablarda masofaviy taʼlim tajriba-sinovdan o‘tkaziladi

Unda kimlar ishtirok etadi?

Maktablarda masofaviy taʼlim tajriba-sinovdan o‘tkaziladi

 

XTV 2022-2023 o‘quv yilining ikkinchi choragidan boshlab “Online maktab” dasturi bo‘yicha masofaviy taʼlim jarayonlarini tajriba-sinov tariqasida o‘tkazmoqda.

 

Unda kimlar ishtirok etadi?

 

Masofaviy taʼlim jarayonida Toshkent shahar maktablarida tahsil olayotgan 60 nafar 7-sinf o‘quvchilari saralab olinadi.

 

Tanlov jarayonlari qanday tashkil etiladi?

 

O‘quvchilarni saralash jarayoni 2022 yil 5 noyabr kuni o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash bo‘yicha boshlang‘ich sinov (kirish testi) o‘tkaziladi.

 

Sinov natijalariga ko‘ra, masofaviy taʼlim olishga mo‘ljallangan har biri 30 nafar, jami 60 nafar o‘quvchidan iborat, taʼlim o‘zbek va rus tillarida olib boriladigan 2 ta sinf tashkil etiladi.

 

Masofaviy taʼlim qay tartibda olib boriladi?

 

“Online maktab” maxsus platformasida umumtaʼlim maktablarining 7-sinflari uchun davlat dasturi doirasidagi barcha fanlar bo‘yicha onlayn dars materiallari jamlangan. Platformadagi har bir videodars davomiyligi 9 daqiqagacha davom etadi. O‘quv dasturlarini ekranda o‘rganayotgan o‘quvchilarga har 20 daqiqadan so‘ng tanaffus beriladi.

 

O‘quvchilarni baholash

 

O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirib borish ko‘rsatkichlari test, ijodiy va boshqa turdagi topshiriqlardan olgan 1 dan 5 gacha bo‘lgan ball tizimida olib boriladi. O‘quvchilarning baholash yakunlari sinf jurnallarida qayd etib boriladi. 

custom img

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"