Ta'lim

Toshkent viloyatida maktab jihozlari uchun ajratilgan pullar yeb ketildi

Bu haqda prokuratura departamenti xabar qildi.

Toshkent viloyatida maktab jihozlari uchun ajratilgan pullar yeb ketildi

 

Angren va Chirchiq shaharlarida maktab jihozlari uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «T.Z.» MCHJ rahbari G.Q. Angren shahridagi maktab-internati direktori V.U. bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu maktabga aslida yetkazib berilmagan maktab jihozlarini qabul qilib olgani to‘g‘risidagi hujjatlarni soxtalashtirish orqali 474,3 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

 

Shuningdek, Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «T.Z.» MCHJ ish yurituvchisi F.Q., yordamchisi Sh.A. va Chirchiq shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori G.M. bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu MCHJ tomonidan maktabga aslida yetkazib berilmagan ofis mebellarini qabul qilib olganligi yuzasidan hujjatlarni soxtalashtirish orqali 124,2 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.