Jamiyat

Toshkentda bir guruh yoshlar begona uyga bostirib kirdi

Ular xonadon egasini do‘pposlab, unga tan jarohati yetkazgan.

Toshkentda bir guruh yoshlar begona uyga bostirib kirdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta yoshlar boshqa fuqaroning uyiga bostirib kirib, unga tan jarohati yetkazgani aks etgan video tarqaldi.

 

IIV xabariga ko‘ra, ilgari ichki ishlar organlariga mazkur holat yuzasidan shikoyat, ariza yoki xabar kelib tushmagan.

 

Vaziyat tekshirilib, ishtirokchilarning harakatlari huquqiy baholanganidan so‘ng qo‘shimcha axborot beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"