Salomatlik

Is gazidan zaharlanganda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?

SSV bu haqda maʼlum qildi.

Is gazidan zaharlanganda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?

 

Ushbu savolga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov javob berdi.

— Is gazidan jabrlangan insonga tezda birinchi yordam ko‘ratish kerak, — deydi shifokor. — Sababi bu paytda bemor hayoti qil ustida bo‘lib, har bir soniya qadrli. Salgina eʼtiborsizlik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 

Buning uchun birinchi navbatda "Tez yordam"ga murojaat qilish, shifokor kelguniga qadar jabrlanuvchini zudlik bilan zararlangan hududdan toza havoga olib chiqish zarur.

 

Shuningdek, quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

 

  • bemorning qo‘l va oyoqlarini ko‘targan holatda yotqizish;
     
  • nafas olishiga xalaqit beruvchi tugmalarni yechib, yoqani ochish, kamarni bo‘shatish;
     
  • jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish;
     
  • til orqaga ketib qolishining oldini olish uchun uni yonbosh bilan yotqizish;
     
  • nafasni stimullash, ko‘krak qafasini artish, oyoq va qo‘llarni isitish;
     
  • novshadil spirti hidlatish;
     
  • hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar ko‘rish;
     
  • bemorning holati yaxshi bo‘lsa, issiq choy ichirish;
     
  • og‘ir darajadagi zaharlanish holatlarida jabrlanuvchiga tibbiyot xodimlari kelguniga qadar og‘izdan og‘izga nafas, yurak yopiq massajini bajarish.

 

Unutmang, is gazidan zaharlangan odamni yurgizish mumkin emas.

 

Bemor ko‘rinishidan qoniqarli ahvolda bo‘lsa ham, uni shifokor ko‘rishi shart. Sababi har doim ham kasallik belgilariga asoslanib, haqiqiy zaharlanish darajasini aniqlab bo‘lmasligi mumkin.

 

Ayni paytda bu turdagi favqulodda holatlarda jabrlangan bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi filiallari va tumanlardagi bo‘limlarida shifokorlarimiz tunu kun faoliyat olib bormoqda.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"