Bugundan Milliy universitet hududidagi ko‘cha yopildi
Olmazor tuman hokimligi holatni izohladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat universitetiga kiruvchi asosiy yo‘ldagi ta’mirlash ishlari tufayli 7-noyabrdan 19-noyabrga qadar transport harakati to‘xtatiladi. Bu haqda Olmazor tumani hokimligi хаbar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning 7-noyabridan 19-noyabr kuniga qadar tumandagi «Beruniy» metrosi yaqinidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti hududiga kiruvchi asosiy yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
"Haydovchilarga Olmazor tumanidagi mirzo g‘olib ko‘chasi (Mashinasozlik fakulteti, GQKM fakulteti asosiy yo‘li) hamda talabalar ko‘chasi (Muhandislik texnologiyalari fakulteti) ko‘chalarida harakatlanishni tavsiya etamiz", deyiladi xabarda.







