Toshkentda Captiva yonib ketdi
Holat yuzasidan IIBB YHXB masʼul xodimlari surishtiruv olib bormoqda.

Toshkent shahar Yunusobod tumanida Lexus va Captiva o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-yil 7-noyabr kuni soat 22:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Alisher Navoiy—Zarafshon ko‘chalari kesishgan chorraxada 1969-yilda tug‘ilgan V.P. davlat raqami belgisi 25 M 000145 bo‘lgan Lexus rusumli avtoulovni boshqarib ketayotib, haydovchi 2001-yilda tug‘ilgan S.I.ga tegishli davlat raqam belgisi 01 S 181 LA bo‘lgan Captiva bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lexus va Captiva avtomashinasi haydovchilari va yo‘lovchilari turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







