Siyosat

O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti. Shavkat Mirziyoyev qanday tashabbuslarni ilgari surgan?

10-11 noyabr kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ning birinchi sammiti o‘tkaziladi.

O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti. Shavkat Mirziyoyev qanday tashabbuslarni ilgari surgan?

 

O‘zbekiston — boshqa ko‘p tomonlama formatlar qatori TDT doirasida ham oddiy kuzatuvchi emas, balki o‘z qarashlarini taklif etuvchi faol ishtirokchi bo‘lib, bu bilan TDT kun tartibini bugungi kun voqeligiga mos ravishda boyitishga hissa qo‘shmoqda.

 

Umuman olganda, 2019 (Boku), 2020 (VKS), 2021 (onlayn, Istanbulda) O‘zbekiston Prezidenti TDT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan 35 dan ortiq aniq tashabbuslarni ilgari surdi. Bugungi kunga qadar 20 dan ortiq tashabbuslar ro‘yobga chiqarildi, xususan:

 

– 2021 yil sentyabr oyida O‘zbekistonda Yosh tadbirkorlar forumi tashkil etildi va uning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi;

 

– transport va bojxona tartib-taomillarini raqamlashtirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi: O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida “yePermit” pilot loyihasi sinovdan o‘tkazildi, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida “raqamli TIR” va “yashil yo‘lak” pilot loyihalari ishga tushirildi;

 

– O‘zbekistonning « Universal Logistics Service” (Toshkent), “Akhtachi” (Andijon) va “Termez Cargo Centre” (Surxondaryo) logistika markazlari TDTning “Birodar portlar” jarayoniga qo‘shildi;

 

– COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish yo‘lida hamkorlik bo‘yicha takliflar amalga oshirildi, pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus muvofiqlashtiruvchi guruh hamda TDT doirasida epidemiologik vaziyatni birgalikda monitoring, tahlil qilish va prognozlash bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tizimi shakllantirildi;

 

– 2021 yil iyun oyida TDTga aʼzo davlatlar turizm vazirlarining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qo‘qon 2022 yilda “Turk dunyosining turistik poytaxti” deb eʼlon qilindi;

 

– “Tabarruk ziyorat” loyihasi ishga tushirilib, Turizm bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi;

 

Qo‘qon shahrini “Turk dunyosining turistik poytaxti” maqomiga ilgari surish doirasida ushbu shaharda 2022 yil 8-10 iyun kunlari “Qo‘qon xonligining turkiy xalqlar davlatchiligi va madaniy merosini rivojlantirishdagi o‘rni” mavzusida xalqaro Konferensiya tashkil etildi;

 

– 2022 yil iyul oyida Toshkent shahrida TDTga aʼzo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va aʼzo davlatlarning sohaga doir vazirliklari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda aʼzo davlatlar va kuzatuvchilar ishbilarmon doiralarning 300 dan ortiq vakillari ishtirokida Birinchi Turkiy Agroforum tashkil etildi;

 

– “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida 2022 yil iyun oyida Buxoro shahrida Yosh liderlarning IV forumi tashkil etildi. Forum davomida Buxoro “Turk dunyosining birinchi yoshlar poytaxti” deb eʼlon qilindi;

 

– Alisher Navoiy nomidagi “Turk dunyosi birligini taʼminlashga qo‘shgan hissasi uchun” xalqaro mukofoti taʼsis etildi;

 

– Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, Muso Al-Xorazmiy kabi allomalarning madaniy merosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazdi;

 

– Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha TDT tuzilmasi, Turkiy xalqlar merosini o‘rganish xalqaro markazi, IT-mutaxassislar platformasi, Injiniring-texnologiya markazi va Turkiy davlatlarning savdo hamkorligi bo‘yicha tadqiqot markazi va boshqalarni yaratishga doir konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda.

 

Bu va boshqa tashabbuslar TDT doirasida ko‘p qirrali hamkorlikning yangi formatlarini yo‘lga qo‘yish, uning institutsional va amaliy salohiyatini mustahkamlash imkonini beradi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"