Jamiyat

Namanganda Lacetti ag‘darilib ketdi

Avtomobil ichida bo‘lgan fuqarolar ahvoli haqida maʼlum qilindi.

Namanganda Lacetti ag‘darilib ketdi

 

Namangan To‘raqo‘rg‘on tumanida svetoforning sariq chirog‘ida harakatlangan Lacetti “Volga” bilan to‘qnashib ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, tuman hududidan o‘tagn 4R-112 «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 70-kilometrida Namangan-Pop yo‘nalishida ketayotgan Lacetti haydovchisi svetoforning sariq chirog‘ida harakatlanib, xavfsizlikni taʼminlay olmay ichki ko‘chadan chiqib kelayotgan “Gaz-2401” rusumli transport vositasiga urilib, rulni chap tomonga burishi oqibatida yo‘lni ikkiga ajratuvchi temir to‘siqqa borib urilgan va ag‘darilib ketgan.

 

Shuningdek, hodisa oqibatida mashinalar texnik shikastlangani, avtomobil ichida bo‘lgan fuqarolar orasida jarohat olganlar yo‘qligi maʼlum qilingan.

Namanganda Lacetti ag‘darilib ketdi | Zamon.uz