Xorij fuqarolariga QQS qaytariladi
Tizim tajriba tariqasida joriy etilishi aytilmoqda.

Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O‘zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan QQS summasini qisman qaytarish “tax free” tizimi tajriba tariqasida joriy etiladi.
Chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summasini hisobga olish va uni qaytarish soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish minimal xarid qiymati QQS summasini hisobga olgan holda kamida 1 million so‘mni tashkil etganda hamda tovarlar xarid qilingan kundan eʼtiboran 3 oy mobaynida amalga oshiriladi.
2022-yil 10-dekabrga qadar mobil ilovaga chet davlat fuqarolari tomonidan to‘langan QQS summasini qaytarish imkonini beradigan qo‘shimchalar kiritiladi.
2022-yil 15-dekabrgacha chet davlat fuqarolarining mobil ilovadan ro‘yxatdan o‘tishlarida O‘zbekistonga kirib kelganligini qayd etish maʼlumotlari orqali identifikatsiya qilish imkoniyati yaratiladi.







