XVJ prognozlari yanada yomonlashdi
2023 yilda global iqtisodiyot kutilganidan sekin o‘sadi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining dunyo iqtisodiyoti o‘sishiga oid navbatdagi prognozlarini eʼlon qildi. Unda avvalgi oyda eʼlon qilingan tadqiqot natijalariga nisbatan pessimistik taxminlar joy olgan.
XVJning tadqiqotlar markazi xodimi Tryuggvi Gudmundssonning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan oyda tashkilot 2023 yilda global iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini 2.7 foiz deb taxmin qilgan.
“Biz global ishlab chiqarish 1/3 qismi to‘g‘ri keladigan davlatlar uning hajmini bu yil va butun keyingi yil davomida qisqartiradi”, – degan u XVJ saytida eʼlon qilingan maqolada.
Shu bilan birga ekspert “Katta yigirmatalik”ning so‘nggi hisobotida iqtisodiy o‘sish imkoniyatlari yana-da past qayd etilganini taʼkidlagan.
Gudmundsson global o‘sishga qator o‘ziga xos faktorlar to‘siq bo‘layotganini aytgan: Ukrainadagi nizo, inflyatsiya o‘sishini oldini olish maqsadida oshirilgan foiz stavkalari va pandemiya oqibatlari.







