Iqtisodiyot

Har bir viloyatda korxonalar uchun iqtisodiy zonalar tashkil etiladi

Tartib 2023-yil 1-martga qadar kuchga kirishi mumkin.

Har bir viloyatda korxonalar uchun iqtisodiy zonalar tashkil etiladi

 

O‘zbekistonda 2023-yil 1-martga qadar biznes uchun barcha sharoit va infratuzilmaga ega har bir viloyatda 100 tadan korxonalar uchun yirik maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etilishi mumkin. Bu bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qaror loyihasida yirik maxsus iqtisodiy zonalarning asosiy vazifalari va faoliyati, soliq, bojxona hamda valyuta tartibotlari tartibi belgilab berilmoqda.

 

Yirik maxsus iqtisodiy zonalari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

 

  • tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import o‘rnini bosuvchi, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish;
     

  • viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlash;
     

  • yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
     

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ishlashni chuqurlashtirish va ularning eksport hajmini oshirish;
     

  • sanoat sohasidagi ishlab chiqarish subyektlariga ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda ko‘maklashish;
     

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish;
     

  • yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish va ularning maxsus iqtisodiy zonalardagi tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashida qatnashish.

 

 

Hujjat loyihasi qabul qilinsa, viloyatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini kengaytirish, qayta ishlashni chuqurlashtirish va ularning eksport hajmini oshirishga erishiladi.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Har bir viloyatda korxonalar uchun iqtisodiy zonalar tashkil etiladi | Zamon.uz