Bayden strategik neft zaxira omborlari uchun Kongressdan yarim milliard dollar so‘radi
Bu mablag‘lar qaysi maqsadlarda ishlatilishi maʼlum qilindi.

Jozef Baylen administratsiyasi Kongressdan strategik neft zaxiralarini modernizatsiyasi uchun 500 million dollar so‘radi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
So‘rov maʼqullangan taqdirda energetika vazirligiga 4 ta obyektni yangilash uchun mablag‘ ajratiladi. Ushbu neft omborlari Meksika bo‘g‘ozi va Luizianada joylashgan.
Mart oxirida AQSH prezidenti yoqilg‘i narxini pasaytirish maqsadida strategik neft zaxiralaridan 180 million barrel “qora oltin”ni bozorga chiqargandi. Natijada strategik zaxiralar hajmi 1984 yil martidan buyon minimumga tushib ketdi.







