Jamiyat

Samarqandda ayol o‘zi bilan uch bolasini kanalga tashladi

Hodisa oqibatida ikki nafar farzandi vafot etgan.

Samarqandda ayol o‘zi bilan uch bolasini kanalga tashladi

 

Samarqand viloyati Samarqand tumani ayol o‘zi va uch farzandini kanalga tashladi, oqibatda ikki nafar farzandi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, voqea 3 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Unga ko‘ra, tumanning “Jarqishloq” mahallasida yashovchi 26 yoshli ayol qaynonasi bilan o‘rtalarida oilaviy kelishmovchilik kelib chiqqan. Yuzaga kelgan janjal oqibatida ayol qaynonasiga “achchiq qilib”, o‘zini va uch nafar farzandini tumanning “Yangiariq” mahallasidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanaliga tashlab yuborgan.

 

Maʼlum qilinishicha, ular tumanning Yangiariq mahallasida joylashgan “Oq-amur” nomli oshxonada ishlovchi fuqarolar tomonidan suvdan chiqarib olingan.

 

Biroq, ayolning ikki nafar farzandi vafot etgan. O‘zi va yana bir farzandi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib davolanish uchun shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan tergovga-qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqandda ayol o‘zi bilan uch bolasini kanalga tashladi | Zamon.uz