Samarqandda kelin qaynonasining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Urgut tumani “Chag‘izmon” mahallasida mudhish hodisa ro‘y berdi.

Maʼlum qilinishicha, kelin qaynonasining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Ushbu ayanchli hodisaga qaynona va kelin o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatov mazkur mahallada bo‘lib, tuman hokimligi, sektor rahbarlari jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur holat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan.
"Nega, kelin qaynonaga hurmatsizlik qilayapti, qaynona kelin bilan murosa qila olmayapti. Nima uchun bunday nizoli holatlar ko‘p? Tarbiyada oqsoqlik bor. To‘y-maʼrakalarda dabdababozlik bilan emas, yuksak maʼnaviyatimiz bilan maqtanaylik, farzand tarbiyasi ularning odob ahloqiga loqaydlik bilan qaramaylik», – dedi boshqarma boshlig‘i.
Avvalroq, Samarqandda ayol o‘zi bilan uch bolasini kanalga tashlagani xabar qilingandi.







