Jamiyat

Buxoroda “Nexia-2” maktab o‘quvchilarini urib yubordi

Ulardan biri mashina ostida qolgan

Buxoroda “Nexia-2” maktab o‘quvchilarini urib yubordi

 

Kecha, 23 noyabr kuni soat 16:30 larda Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani hududidan o‘tuvchi 4R-76 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida joylashgan 15-maktab yaqinida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi Z.M. “Nexia-2” rusumli avtomobilda tezlikni meʼyoridan oshirib harakatlanayotgan vaqtda piyodalar o‘tish joyidan velosipedni yetalab o‘tayotgan fuqaroning velosipedini urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib, piyodalar yo‘lakchasida ketayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan va avtomobil ag‘darilib ketgan.

 

YTH natijasida piyodalardan biri, 2013 yilda tug‘ilgan U.U. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Mazkur YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Buxoroda “Nexia-2” maktab o‘quvchilarini urib yubordi | Zamon.uz