Jahon

Antarktidada suvosti sunamilari kuzatilmoqda

Bunga sabab bo‘layotgan omillar ochiqlandi.

Antarktidada suvosti sunamilari kuzatilmoqda

 

Antarktidada suvosti sunamisi qayd etildi. Bunga aysberglarning muzlikdan ko‘chishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

 

Science Advances jurnalida eʼlon qilingan maqolada qayd etilishicha, bu jarayon okean yuzasidagi suvlarning global aralashishiga olib keladi. 2020 yilning 21 yanvar kuni Antarktida yarimoroli qirg‘oqlari yaqinida Uiyam muzligining ajralishi sodir bo‘lgan edi. Yo‘qotilgan muzlikning aniq hajmi maʼlum bo‘lmasa-da, olimlar dengizga 20-30 million kub metr muz chiqib ketganini qayd etishgan. Okeanga esa 0.6-2.4 trillion Joul energiya ajralgan.  Uilyams muzligida bu kabi holatlar har yili 1-2 marta takrorlanadi. Aysberglarning ajralib chiqishiga global iqlim isishi sabab bo‘lyapti.

 

Joriy yilgi ko‘chishlar Britaniyaning RRS James Clark Ross tadqiqot kemasida kuzatib borilgan. Tahlillar natijasiga ko‘ra. Muzliklar ajralib chiqishi butun qirg‘oqdagi suvlarning aralashib ketishiga va suv yuzasidagi haroratning ko‘p xollarda bir xil ko‘rsatkichga kelishiga sabab bo‘lgan.

 

To‘plangan maʼlumotlar suvosti sunamilari tufayli suvlarning bir-biriga qo‘shilib ketishi yuz berganini tasdiqlagan.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"