NYT: Ғарб Украинага берган артиллериянинг учдан бири ишдан чиққан
Polshada ularni taʼmirlash punkti tashkil etildi

Ukrainaga G‘arb tomonidan berilgan o‘nlab gaubitsalar jang maydonidan olib ketildi. The New York Times gazetasi maʼlumotlariga ko‘ra, jami artilleriya qurilmalarining uchdan biri taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan.
AQSH bu qurollarni taʼmirlash uchun Polshada maxsus punkt tashkil etgan. Bu Amerika armiyasining Yevropa qo‘mondonligi uchun ustuvor vazifa deb eʼlon qilingan. Kiyev taʼmirlash punktlarining jang maydoniga yaqin joylarda tashkil etilishini istayapti.
Pentagon qurolli mojaro boshlangandan buyon Ukraina armiyasiga jami 142 ta M777 gaubitsalarini yetkazib bergan. Jami taqdim etilgan artilleriya qurilmalari soni 350 tani tashkil etadi.







