Iqlim o‘zgarishi tufayli Markaziy Osiyoda qancha odam yashash joyini o‘zgartiradi?
Bu bo‘yicha Jahon bankining prognozlari maʼlum qilindi.

Markaziy Osiyo hududida 5 million inson iqlim muhojiriga aylanadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida «O‘zgidromet» bosh direktori o‘rinbosari Ibratjon Karimov maʼlum qildi.
«Jahon banki maʼlumotlariga ko‘ra, 2050 yilga borib, jahonning 6 ta mintaqasida 216 million inson iqlim muhojiriga aylanadi, yaʼni o‘zlari yashayotgan hududlarni iqlimiy omillar taʼsirida tark etib, boshqa xavfsiz joylarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi”, – degan u.
Xususan, mintaqada 5 million odam boshqa joyga ko‘chishga majbur bo‘lishi prognoz qilinmoqda.







