Rossiya Moldovaga gaz yetkazishni to‘xtatmaydigan bo‘ldi
Mamlakat gaz ta’minotidagi qarzdorlikni to‘ladi.

“Gazprom” Moldovaga gaz yetkazib berishda davom etadi, deya xabar bermoqda “Korrespondent” nashri.
“Moldovagaz” noyabr oyida Rossiya gazining yetkazib berilishi uchun “Gazprom”ga to‘lovlardagi uzilishni bartaraf etdi. “Gazprom” Moldovadagi iste’molchilar uchun mo‘ljallangan gaz uchun mablag‘ oldi. Shu munosabat bilan gazni kamaytirmaslikka qaror qilindi.
“Gazprom”, shuningdek, to‘lovlarda uzilish bo‘lgan taqdirda gaz yetkazib berishni kamaytirish yoki butunlay to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qolishini ma’lum qilgan.







