Salomatlik

Yer yuzida qancha aholi OIV infeksiyasidan aziyat chekadi?

Bugun — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni.

Yer yuzida qancha aholi OIV infeksiyasidan aziyat chekadi?

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda OIV infeksiyasidan aziyat chekayotgan 40 millionga yaqin bemor bor. Ular soni yiliga o‘rtacha 1,5 million nafarga ko‘paymoqda. Eng yomoni, xastalik har yili 600 mingdan ziyod kishining hayotiga zomin bo‘lyapti.

 

Umuman, Yer yuzida OITS epidemiyasi boshlangandan buyon 75 million odam ushbu dardga chalinib, 32 million nafardan ortig‘i vafot etdi.

 

Bunday xavotirli ko‘rsatkichlar mazkur yuqumli kasallik insoniyat salomatligi uchun naqadar jiddiy tahdid ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Zero, OIV va OITS butun dunyo hamjihatlikda kurashishi lozim bo‘lgan global muammodir.

 

Shu bois har yili sayyoramizda 1-dekabr sanasi “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanib, bu davrda xastalikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari yana-da kuchaytiriladi.

 

Tahlillarga ko‘ra, infeksiya 75 foizdan ortiq holatlarda 25-49 yoshli kishilar o‘rtasida uchramoqda. Kasallik profilaktikasi va unga qarshi kurashish tadbirlarini rejalashtirish hamda amalga oshirishda uning yuqish omillarini aniqlash muhim hisoblanadi.

 

So‘nggi yillarda butun dunyoda OITSning jinsiy yo‘l bilan yuqish darajasi ortib bormoqda. Bu holat, afsuski, mamlakatimizda ham kuzatilyapti. Masalan, o‘tgan yili ro‘yxatga olingan bemorlarning 74,3 foiziga kasallik jinsiy aloqa yo‘li orqali yuqqanligi gumon qilingan.

 

— JSST tomonidan bemorlarni virusga qarshi davolash kasallikning bosqichidan qatʼiy nazar, u aniqlangan kundan boshlanishi zarurligi tavsiya etiladi, — deydi Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori o‘rinbosari Gulifor Normuratova. — Yurtimizda OIV infeksiyali bemorlarning 79 foizi antiretrovirus muolajalar bilan qamrab olingan. Ular uchun zarur preparatlar xarajatlarining qariyb 80 foizi Davlat byudjeti mablag‘lari, qolgan 20 foizi esa xalqaro fondlar hisobidan qoplanmoqda.

 

Bundan tashqari, mamlakatimizda OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarni 6 oylik bo‘lgunga qadar sunʼiy sut aralashmalari bilan taʼminlash masalasi 2023-yilgacha hal etilgan.

 

Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni yana-da jadallashtirish va sohani takomillashtirish maqsadida alohida Davlat dasturi loyihasi tayyorlangan.

 

Unga muvofiq, kelgusi yildan boshlab sunʼiy sut aralashmalarini xarid qilish, bemorlarni antiretrovirus dori vositalari bilan kasallik aniqlangan zahoti qamrab olish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

 

Umuman, hozirgi kunda mamlakatimizda 78 ta OIV diagnostika laboratoriyasi faoliyat olib boryapti. Ulardan 15 tasi OITSga qarshi kurash markazlaridagi laboratoriya komplekslari bo‘lsa, 63 tasi tumanlararo laboratoriyalardir.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"