Jahon banki: Ukrainani tiklash uchun 350 milliard dollar kerak
Asosiy xarajatlar infratuzilmani tiklash uchun sarflanishi prognoz qilinmoqda.

Ukrainada harbiy harakatlar yakunlangandan keyin mamlakatni qayta tiklash uchun 349 milliard dollar kerak bo‘ladi. Bu haqda Jahon banki prezidenti Devid Melpas maʼlum qildi.
Uning fikricha, asosiy xarajatlar Ukraina infratuzilmasi, xususan, uning energetika tizimini tiklash uchun sarflanadi. Shu bilan birga janob Melpas xalqaro hamjamiyatning Kiyevga mablag‘ ajratishdan charchamaganini taʼkidlagan. Ammo Rossiyaga nisbatan o‘ta salbiy munosabat shakllanishda davom etmoqda.
Jahon banki Ukraina uchun Hozirga qadar 18 milliard dollar ajratdi. Kiyevning o‘zi byudjet uchun oyiga 4-5 milliard dollar zarurligini aytmoqda.







