NYT: G‘arbda Rossiyaga nisbatan qo‘rquv kamayib bormoqda
So‘nggi kunlarda rus aerodromlariga uyushtirilgan dronlar hujumi Moskvaning katta eskalatsiyaga bora olmasligi ko‘rsatdi.

Rossiya aerodromlariga uyushtirilgan dronlar hujumidan so‘ng, G‘arbda RF tomonidan ehtimoliy eskalatsiya bo‘yicha xavotirlar kamayib bormoqda. Bu haqda New York Times gazetasida eʼlon qilingan maqolada so‘z boradi.
So‘nggi ikki kunda Rossiyaning Saratov, Kursk va Ryazandagi harbiy aerodromlariga dronlar yordamida hujum uyushtirildi. Moskva hujumlarda Ukrainani ayblagan bo‘lsa-da, Kiyev buni rasman tan olmagan. Jurnalistlarning qayd etishicha, yadro zarbalarini inobatga olmasa, Rossiyada energetik infratuzilmaga zarba berishdan boshqa variant qolmagan.
“Chatem xaus” London Qirollik xalqaro munosabatlar institutining sobiq rahbari Robin Niblettning so‘zlariga ko‘ra, Moskva energetika tizimiga zarba berish orqali urushga strategik burilish yasamoqchi. Shuningdek, buning natijasida Kiyevni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilish ko‘zlangan. Yevropaga esa zarbalar orqali Ukrainani tiklash kundan kunga qimmatlashib borayotgani to‘g‘risida signal berilyapti.
Germaniyalik ekspert Ulrix Shpek esa Rossiyaning yadro tahdidlari asossiz ekanligi tobora oydinlashmoqda. Uning fikricha, NATO va Vashington Ukraina jarayonni oldinga siljitayotgani va vaqt o‘tishi bilan RF eskalatsiyasidan qo‘rquvlar pasayganini qayd etgan.
NYT maʼlumotlariga ko‘ra, Putinning xalqaro maydondagi do‘stlari — Si Szinpin va Narendra Modilar yadro eskalatsiyasini pasaytirishga katta hissa qo‘shgan. Ular rossiyalik hamkasbini bu kabi harakatlarning halokatli oqibatlaridan ogohlantirgan.







