Toshkentda avtomobil qurilish binosi uchun qazilgan chuqurga tushib ketdi
Guvohlarning aytishicha, mahalliy aholi qurilish tashkilotidan bir necha bor chuqur atrofini o‘rab olishni so‘ragan, biroq natija bo‘lmagan.

Hodisa poytaxtning Chilonzor tumani 9-mavzesidagi 16 va 17-uylar oralig‘ida sodir bo‘lgan. Maʼlum bo‘lishicha, o‘ra qurilish obyekti uchun qazilgan bo‘lgan.
Qishning qorli kunida yo‘llarning muzlama bo‘lgani, kamiga esa qurilish mutasaddilarining yo‘l qayrilish qismiga ogohlantiruvchi belgilarini qo‘ymaganligi mazkur holatga sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Guvohlarning aytishicha, mahalliy aholi qurilish tashkilotidan bir necha bor chuqur atrofini o‘rab olishni so‘ragan, biroq natija bo‘lmagan.







