Jamiyat

Farg‘onada o‘zboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi norozilik uyushtirganlar qamaldi

Aytilishicha, ular zavodning gazdan uzilishiga norozilik bildirgan.

Farg‘onada o‘zboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi norozilik uyushtirganlar qamaldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda "Farg‘onada sanoat korxonalaridan gaz uzib qo‘yilishi natijasida 10 minglab aholi ishsiz qolgani, ular gaz ulab berilishini so‘rab, ko‘chaga chiqishgani haqida xabar tarqaldi.

 

Holat bo‘yicha IIV matbuot xizmati maʼlumot berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 29 noyabr kuni aholiga tabiiy gazni ko‘proq yetkazib berish maqsadida O‘zbekiston tumani, Sho‘rsuv MFYda joylashgan “ALBUS” gips ishlab chiqaruvchi zavodi oldindan tuzulgan shartnoma shartlariga binoan tuman gaz idorasi tomonidan gaz quvuridan uzilgan. Joriy yilning 6 dekabr kuni zavodning 20 nafar ishchilari yuqoridagi holatni noto‘g‘ri talqin qilib, o‘zboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi nozoriliklarni uyushtirgan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB tomonidan zavodning jami 7 nafar ishchilariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilingan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudi 07.12.2022 yil kuni huquqbuzarlarning 1 nafariga 10 sutka, 6 nafariga 5 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlagan.

Farg‘onada o‘zboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi norozilik uyushtirganlar qamaldi | Zamon.uz