Jahon

Norozilik namoyishlari ortidan Mo‘g‘ulistonda ko‘mir sotish bilan bog‘liq ayrim shartnomalar ochiqlanadi

4 dekabrda mamlakatda ko‘mir sotishdagi o‘g‘riliklarga qarshi norozilik namoyishlari boshlangandi.

Norozilik namoyishlari ortidan Mo‘g‘ulistonda ko‘mir sotish bilan bog‘liq ayrim shartnomalar ochiqlanadi

 

Mo‘g‘uliston vazirlar mahkamasi “Erdenes Tavan-Tolgoy” davlat kompaniyasi bilan bog‘liq shartnomalarni ochiqlashga qaror qildi. Bundan oldin mamlakatda Xitoyga ko‘mir sotish jarayonida yuz bergan o‘g‘irliklar sababli ommaviy namoyishlar sodir bo‘lgandi.

 

“Milliy korrupsiyaga qarshi qo‘mitasi tavsiyasi bilan maxfiy shartnomalarning to‘qqiztasini ochiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. bu kelishuvlar korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va parlamentda tuzilgan muvaqqat qo‘mitaga tekshiruv uchun beriladi. Shartnomalarni ochiqlash agentlikka surishtiruv o‘tkazishga, jamoatchilikka esa holat bilan yaqindan tanishishga yordam beradi”, – degan hukumat kotibiyati mudiri Dashzegviyn Amarbayasgalan.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, ochiqlanadigan shartnomalar temiryo‘l qurilishi bilan bog‘liq.

 

4 dekabrda OAVda 12.9 milliarddan 17.6 milliard dollar miqdorida ko‘mir o‘g‘irlanishi to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng, Mo‘g‘ulistonda norozilik namoyishlari boshlangandi. 5 dekabrda namoyishchilar hukumat saroyini ishg‘ol qilishga urindi. 7 dekabrda parlamentda holat yuzasidan surishtiruv komissiyasi tuzildi. Kecha esa ko‘mir o‘g‘irlanishida gumondorlar qamoqqa olindi.

 

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"