O'zbekiston

“Aholi sog‘lig‘i muhofaza qilinib, elektr taʼminoti yaxshilandi”

Respublika Ishchi guruhi tomonidan hududlarda xayrli ishlar davom etmoqda.

“Aholi sog‘lig‘i muhofaza qilinib, elektr taʼminoti yaxshilandi”

 

Respublika Ishchi guruhi Andijon viloyatining Asaka va Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanlarida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

 

Ishchi guruhining sektorlar kesimida xonadonbay o‘rganishlar natijasida ikki tumanda jami 139 ta mahalla 95 mingga yaqin xonadon, 867  ijtimoiy soha obyektlari o‘rganilib, 29 mingdan ziyod muammoli masalalar aniqlandi. Ularning o‘rtacha 54 foiziga tezkorlik bilan joyida yechimi topildi. 

 

O‘rganishlar davomida alohida eʼtibor ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lgan ko‘makka muxtoj aholi qatlami muammalariga qaratildi. Jumladan, 116  nafar “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan xotin-qizlarga o‘z tadbirkorligini boshlash va rivojlantirish uchun bepul uskuna va jihozlar berildi, 79 nafar yoshlarga kontrakt to‘lovi uchun 158 mln so‘m mablag‘ ajratildi, 83 nafar yoshga 1 mln. so‘mdan moddiy yordam berildi, 233 fuqaroning bandligi taʼminlandi hamda 18 ta og‘ir ahvoldagi oilalarning xonadonlari taʼmirlab berildi.

 

Aholi sog‘lig‘i muhofazasi ham Respublika ishchi guruhining eʼtibor markazida bo‘ldi. Xususan, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan 84 nafar fuqaroga moddiy amaliy yordam ko‘rsatildi, 56 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi, 17 nafar fuqaroga nogironlik guruhlari belgilandi, 84 nafar fuqaroga amaliyot va davolanish uchun yo‘llanmalar berildi, shifoxonalarga yotkizildi.

 

Aholi yashash manzillarida ijtimoiy infratuzilmaning holatini yaxshilash borasida ham qator ishlar amalga oshirildi. “Qiyat-Sartol”, “Qum”, “Nurafshon”, “Dala-Hamid Olimjon” kabi 26 ta mahallada 30 km.ga yaqin ichki yo‘llar taʼmirlandi. Shundan, 26,5 km tuproq yo‘llar shag‘allashtirildi, 3 km yo‘lga asfalt yotqizildi.

 

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida “Toshtepa”, “Olaqanot”, “Tuvadoq”, “Kujgan”, “Baxrin”, “Markayuz”, “Ulugbek”, “Ko‘rkam” kabi mahallalarda 10 kmdan ziyod sip-kabellar tarmog‘i tortilib, 342 dona temir-beton ustunlar, 11 ta yangi transformator o‘rnatildi.

 

Tadbir boshidan 9 ta – “Do‘stlik”, “Fayzobod”, “Yakkatut”, “Qum”, “Obod”, “Ganbay” kabi mahallada ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 3 ta yangi suv nasosi, 2 ta suv minorasi o‘rnatildi, 143 ta xonadon suv tarmog‘iga ulandi.

 

Aholi talabidan kelib chiqib, 17 mingdan ziyod gaz balloni  almashtirilib, 353 tonna suyultirilgan gaz xonadonlarga yetkazildi.

 

Xayrli ishlar davom etmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"