Jahon

Hindiston TIV BMTni isloh qilishga chaqirdi

Tashkilotning Xavfsizlik kengashiga Osiyo, Janubiy Amerika va Afrika davlatlarini kiritish taklif qilinmoqda.

Hindiston TIV BMTni isloh qilishga chaqirdi

 

Hindiston TIV rahbari Subramanyam Jayshankar BMTni isloh qilishga chaqirdi. Diplomat Tashkilotning Xavfsizlik kengashiga Osiyo, Janubiy Amerika va Afrika davlatlarini kiritish kerakligini aytgan.

 

“Janubiy Amerika, Afrika Osiyo va kichik orollarda joylashgan rivojlanayotgan davlatlar Xavfsizlik kengashida ishonchli va doimiy vakillarga ega bo‘lishi kerak. Bundan buyon ularning kelajagi to‘g‘risidagi qarorlar bu davlatlar ishtirokisiz qabul qilinishi mumkin emas. Global institutlar, jumladan ushbu kengashning ish metodlari va jarayonlarini shaffof, xolis va hisobdor qilish kerak”, – degan vazir.

 

BMT faoliyatini isloh qilish masalasi Rossiyaning Ukrainaga harbiy agressiyasidan keyin bir necha bor ko‘tarildi. Xususan, Xavfsizlik kengashidan RFni chiqarib tashlash yoki unga yana bir necha davlatni qo‘shish taklifi mavjud.

 

BMT XKga hozirda beshta davlat — AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya  va Xitoy doimiy aʼzo hisoblanadi. Ularda har qanday rezolyutsiya yoki qarorga veto kiritish huquqi bor.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"